Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari

 

huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish;

 

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash,

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

 

davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

 

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

 

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

 

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;

 

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

 

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

 

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

 

ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

 

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

 

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

 

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;

 

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;

 

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev