Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI

 

Deputat o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi.Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas;

 

Deputat o‘z vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yig‘inlardan ozod qilinadi;

 

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlaydi, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi;

 

Deputatga texnik vositalar, aloqa vositalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi;

 

Deputat tegishli viloyat, tuman, shahar hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (taksi va shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek, yo‘l pattalarini navbatsiz sotib olish huquqidan foydalanadi.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev