Янгиликлар
Siyosiy partiyalarga a’zolik
Siyosiy partiyalarga a’zolik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o‘zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo‘lishi mumkin. Partiyaga mansubligiga ko‘ra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi shuningdek unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni to‘xtatib turishi yoxud butunlay to‘xtatishi shart. Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar:
sudyalar;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari;
prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
ichki ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;
harbiy xizmatchilar;
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev