Янгиликлар
Proporsional saylov tizimi
Proporsional saylov tizimi
Italiyada mafiyaning kuchayishiga 1993-yilgacha mavjud bo‘lgan saylov
tartibi ham qulay sharoit tug'dirgan. 1993-yilgacha Italiyada parlamentga
saylov proporsional saylov tizimi asosida o‘tkazilgan. Bu saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxs uchun emas, u yoki bu partiya uchun ovoz berardilar.
Parlamentdagi o‘rin partiyalarning olgan ovoziga proporsional ravishda
bo‘linardi. Qaysi partiyadan kimning deputatlik o‘rnini egallashi partiya rahbarlari orasida hal etilardi. Bu hol, o‘z navbatida, korrupsiyaning
kuchayishiga yo‘l ochdi. Mafiya esa bundan ustalik bilan foydalandi va jamiyatning hamma sohalariga kirib bordi. U, ayniqsa, Sitsiliyada, Neapolda va boshqa janubiy viloyatlarda rivojlandi. U shantaj, talonchilik, qotillik yo‘li bilan jamiyatni tahlikaga soldi. Davlat organlari xodimlarini sotib olish (korrupsiya) mafiya faoliyatining asosini tashkil etadi. O'z izmiga yurmaydiganlarni ta'qib etadi va ularning qotiliga aylanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev