Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan mehnat shartnom tuzish


   Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan mehnat shartnom tuzish

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirining 2024-yil 09-apreldagi 124-son buyrug’iga asosan 2024/2025-o’quv yilidan boshlab respublikaning barcha hududlarida, mavjud vacant lavozimlarga bitiruvchi bosqich bakalavriat talabalari, magistr va klinik ordinatorlarni shartnoma asosida ishga joylashtirish belgilangan.

Shuningdek, barcha tibbiyot va oliy ta’lim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining bitiruvchi bosqich talabalariga mehnat shartnomasi asosida to’liq stavkagacha birlamchi tibbiy –sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy muassasalarida shifokor vacant o’rinilarda hamda , barcha tibbiyot va oliy ta’lim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklrining bitiruvchi bosqich talabalariga o’z mutaxassisliklari bo’yicha mavjud vacant o’rinlarda mehnat shartnomasi asosida to’liq stavkagacha faoliyat ko’rsatishlari belgilab o’tilgan.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi