Янгиликлар
Mavsumiy xodimlar - o't yoquvchilarni ishga qabul qilish to'g'risida
Mavsumiy xodimlar - o't yoquvchilarni ishga qabul qilish to'g'risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorida odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yong‘in xavfsizligi talablariga, yong‘in kelib chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga va ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obyektlar hamda ma’muriy binolar uchun yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish tartibi belgilab ko’rsatilgan.
Shuningdek, mazku qarorda olovli ishlarni bajarayotganda quyidagilar taqiqlanishi alohida belgilab ko’rsatilgan :
a) nosoz bo‘lgan apparatlarda ishga kirishish;
b) yangi bo‘yalgan konstruksiyalar va buyumlarni to‘liq qurimagunga qadar payvandlash, kesish yoki kavsharlash;
v) olovli ishlarni bajarishda yog‘-moy, benzin, kerosin boshqa yonuvchi suyuqliklar izlari qolgan kiyim va qo‘lqoplardan foydalanish;
g) payvandlash joylarida kiyim, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda boshqa yonuvchi materiallarni saqlash;
d) o‘quvchilarga, shuningdek, malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan xodimlarga mustaqil ravishda ishlashga ruxsat berish.
Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, hozirda havo haroratining pasayish davrida barcha tashkilotlarda xususan byudjed tashkilotlarida o’t yoquvchi xodimlar bilan mehjnat shartnoma tuzish jarayonida ularning malaka sertifikatiga ega ekanligiga alohida e’tibor berish lozim.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi