Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Mavsumiy xodimlar - o't yoquvchilarni ishga qabul qilish to'g'risida


 

Mavsumiy xodimlar - o't yoquvchilarni ishga qabul qilish to'g'risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qarorida begilab quyilganidek, umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi me’yorlar asosida komplektlanadi:

shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;

qishloq hududlarida 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno).

O‘quvchilar soni mazkur me’yorlardan kam bo‘lgan hollarda umumta’lim muassasasi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi va moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanadi.

Shuningdek, Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari, Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari, Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari hamda ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida sinflar tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi, 2019-yil 17-oktabrdagi 880-son “Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq komplektlanadi.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi