Янгиликлар
Fuqarolar yig‘ini majlisini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi
Fuqarolar yig‘ini majlisini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi
Fuqarolar yig‘ini majlisida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va fuqarolar yig‘ini hududida doimiy, vaqtincha yoki asosan yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Fuqarolar yig‘ini majlisi fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Fuqarolar yig‘ini majlisi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limining fuqarolar yig‘ini kengashiga bergan tavsiyasiga ko‘ra yoki fuqarolar yig‘ini majlisida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aholining kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin. Fuqarolar yig‘ini majlisi fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. Fuqarolar yig‘ini majlisini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tegishli hududdagi har bir ko‘cha va ko‘p kvartirali uylar aholisining umumiy yig‘ilishlarida oddiy ko‘pchilik ovoz bilan fuqarolar vakili saylanadi.
Fuqarolar yig‘ini xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari shuningdek, ko‘chaboshi va uyboshilar fuqarolar vakillari bo‘lishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini majlisini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar yig‘ini majlisini fuqarolar yig‘inining raisi yoki raisning maslahatchilaridan biri (bundan fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha chaqirilgan fuqarolar yig‘ini majlisi mustasno) olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini majlisi o‘tkazilgan sanasi, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘ini majlisining bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘inining raisi, u yo‘qligida esa majlisda raislik qilgan uning maslahatchilaridan biri tomonidan imzolanadi.
Fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi