Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish asoslari


 

Tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish asoslari

Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi