Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari


 

Kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining mazkur kichik sanoat zonasi hududida o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan (bundan mavjud binoni qayta qurish, rekonstruksiya qilish mustasno) yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va inshootlar yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

investitsiya majburiyatlari va boshqa ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi