Янгиликлар
04
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval (bundan buyon matnda reja-jadval deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.
Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentli tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi