Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni axborot tizimiga kiritishning 1- bosqichi


 

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni axborot tizimiga kiritishning 1- bosqichi

 

Ma’lumotlarni va hujjatlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishning (biriktirishning) birinchi bosqichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishincha ijara va mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqiladigan yer uchastkasining, binoning va inshootning elektron yig‘majildi (bundan buyon matnda elektron yig‘majild deb yuritiladi) yaratiladi.

Elektron yig‘majildga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi (biriktiriladi):

1) yer uchastkasining kadastr raqami;

2) yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

fuqaroning va yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, doimiy yashash joyi va telefon raqami;

rezident bo‘lgan yuridik shaxsning to‘liq nomi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va ushbu yuridik shaxs rahbarining telefoni raqami;

3) yer uchastkasi joylashgan manzil, yer fondining toifasi va maydoni, shuningdek 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimidagi (WGS-84) shartli chegaralar;

4) yer uchastkasining joylashuv sxemasi;

5) yer uchastkasidan amalda foydalanilish maqsadi;

6) yer uchastkasining O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-son Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan biriga mansubligi.

Elektron yig‘majild ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritish (biriktirish) uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tegishincha yuboriladi.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi