Янгиликлар
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni axborot tizimiga kiritishning 2- bosqichi
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni axborot tizimiga kiritishning 2- bosqichi
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritishning (biriktirishning) ikkinchi bosqichida ikki oy muddatda ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatli tashkilotlar:
yuborilgan elektron yig‘ma jildni ko‘rib chiqadi;
ma’lumotlar va hujjatlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi (biriktiradi).
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan — yer uchastkasining elektron onlayn-auksionga qo‘yilganlik yoki qo‘yilmaganlik holati to‘g‘risidagi, shuningdek binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilganligi yoki xususiylashtirilmaganligi to‘g‘risidagi;
2) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan:
fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati yig‘ilishining bayonnomasiga muvofiq shirkat a’zosi ekanligi, shuningdek uning binolar va inshootlarga, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqi e’tirof etilganligi yoki e’tirof etilmaganligi haqidagi;
yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilganligi yoki ajratilmaganligi to‘g‘risidagi;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari tomonidan — kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajarganligi yoki bajarmaganligi haqidagi;
4) tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan — o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarning soni, ulardan amalda foydalanilish maqsadlari to‘g‘risidagi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining, Transport vazirligining, Suv xo‘jaligi vazirligining, Raqamli texnologiyalar vazirligining, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy organlari (bo‘linmalari), tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan (elektr, aloqa, gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya) foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan — o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarning qurilishi qaysi hududda qonunchilik hujjatlariga hamda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarga (mavjud bo‘lsa) muvofiq taqiqlangan bo‘lsa, tegishincha ularning o‘sha hududlarda joylashganligi yoki joylashmaganligi haqidagi;
6) tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari tomonidan — o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarning hamda ular joylashgan yer uchastkasining sanitariya-himoya zonalarida, chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashganligi yoki joylashmaganligi to‘g‘risidagi;
7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan — yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha hamda unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan — yer uchastkasi egallab olingan (egallangan) hamda binolar va inshootlar qurilgan davrning muddatlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi;
9) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — yer uchastkasi tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilganligi hamda ushbu qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmaganligi haqidagi;
10) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan — qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori (bundan yakka tartibdagi uy-joylar qurilgan yer uchastkalari mustasno) to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlar kiritiladi (biriktiriladi).
Joyiga chiqib o‘rganish ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan reja-jadvalga muvofiq bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqqoniyligi, to‘liqligi hamda o‘z vaqtida kiritilishi (biriktirilishi) uchun ularni taqdim etgan tashkilotlar javobgar bo‘ladi.
Yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, shuningdek unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda soliq organlari mazkur qarzdorlikni bartaraf etish haqidagi xabarnomani ikki oy muddatda qarzdorning manziliga yozma shaklda hamda uning telefon raqamiga xabar tarzida yuboradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat soliq qarzdorligini bartaraf etish uchun berilgan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi uchun to‘xtatib turiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan tegishli ma’lumotlar qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin yangilanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi