Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov miqdorlari


 

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov miqdorlari

 

 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

1) Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;

2) Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;

3) viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;

4) boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

2) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

Agar bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish mumkin deb topish belgilangan xulosasiga asosan dalolatnoma shakllantirilgan, biroq bir martalik yig‘im undirilmagan yoki to‘liq hajmda undirilmagan bo‘lsa, u holda bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq undiriladi, bunda bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida undirilgan bir martalik yig‘im summasi inobatga olinadi.

Bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida to‘langan bir martalik yig‘im va ushbu Qonun doirasida undiriladigan bir martalik to‘lov o‘rtasidagi farq qaytarilmaydi.

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqining o‘rtacha bozor qiymati miqdorida undiriladi.

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqining o‘rtacha bozor qiymati yer uchastkalaridan foydalanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 0,01 gektar maydon uchun fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklari bo‘yicha har yili yanvar va iyul oylarida belgilanadi, uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taqdim etiladi. Bunda tegishli hududda oxirgi o‘n ikki oyda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini sotish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlardagi o‘rtacha narxlar, elektron onlayn-auksion o‘tkazilmagan hududlar uchun esa tegishli tuman (shahar) yoki yuqori turuvchi ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha o‘rtacha narxlar ijara muddatiga ko‘ra tuzatish kiritilgan holda asos sifatida qabul qilinadi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi