Янгиликлар
Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risidagi nizom to’g’risida
Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risidagi nizom to’g’risida
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 22.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3561 buyrug‘i kuchga kirishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 8-sentabrda 98-son bilan tasdiqlangan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabrdagi o’z kuchini yo’qotdi.
Mazkur Nizomda moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari budjet tashkilotlari xodimlari ish haqiga ustamalar belgilash va xodimlarni mukofotlashga yo‘naltirilishi hamda rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida sarflanishi belgilangan. Shuningdek nizomda shunday belgilangan:
Budjet tashkilotlarida shtat birliklari to‘ldirilmaganligi hisobiga shakllangan moddiy rag‘batlantirish maxsus fondining mablag‘lari bo‘shab qolgan mablag‘lar hisoblanmaydi.
Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan ustamalar belgilash yoki mukofotlash budjet tashkilotlari xodimlarining tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) nisbatan amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarida xizmat vazifalarini tashabbuskorlik va vijdonan bajargan yuqori malakali xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda ishda erishgan yutuqlari uchun tarif stavkasi yoki lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) 50 foizidan oshmagan miqdorlarda shaxsiy ustamalar belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining boshqaruv xodimlari uchun ushbu ustamalarning eng yuqori miqdorlari chegaralanmaydi.
Mazkur ustamalar rahbarga yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, boshqa xodimlarga muassasa yoki tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Budjet tashkilotining markaziy apparat xodimlariga ustamalar ushbu organning rahbari tomonidan belgilanadi. Budjet tashkilotlari rahbarini ustamasi yuqori turuvchi organ ruxsati bilan belgilanadi.
Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda, ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi