Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar to’g’risida


Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar to’g’risida

O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining
30.09.2024 yildagi 3557-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan holda xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning ro‘yxati tasdiqlandi.
Bular orasida o‘ziyurar va o‘ziyurmas kemalar uchun sliplar (kemalar sig‘imidan qat’iy nazar), Zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni zararsizlantirish va ko‘mish joylari, Organik va chiruvchi mahsulotlar uchun chiqindixonalar, Biologik kamerali o‘laksa ko‘mish joylari, O‘laksalarni utilizatsiya qilish zavodi, Temir yo‘llar va infratuzilmasi obyektlari, Metropoliten transporti infratuzilmasi obyektlari, Mashinasozlik korxonalari ham ko‘rsatkichlar va tavsiflar asosida kiritilgan.

Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi