Янгиликлар
Yuk avtomabilllarining yo’lning chetki chap qatorida harakatlanishi taqiqlanadi…
Yuk avtomabilllarining yo’lning chetki chap qatorida harakatlanishi taqiqlanadi…
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi odam tashish, transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzishi, yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo‘lovchiga yoki piyodalarga loyqa sachratishi
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi