Янгиликлар
Harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan xodimning mehnat shartlari o'zgaradimi?
Harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan xodimning mehnat shartlari o'zgaradimi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganda mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinadi. Shuningdek, mehnat qonunchiligida harbiylar uchun alohida imtiyozlar mavjud bo’lib, bular birinchi bor tashkil etilgan tashkilotlar uchun xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yili tugaguniga qadar ushbu ta’tilni berish sharti bilan olti oy ishlamasidan ilgari yoki undan keyin berilishi mumkin bo’lgan xodimlardan biri muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslardir.
Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim zaxiraga bo‘shatilganidan yoki iste’foga chiqarilganidan keyin, agar u ishga joylashish masalasi bo‘yicha ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay murojaat qilgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy o‘tgan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega.
Tashkilot qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni tashkilotning huquqiy vorisi, tashkilot tugatilganda esa mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi