Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi nima qilishi kerak? Narxni kamaytirib berishni so‘rashi mumkinmi?


Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi nima qilishi kerak? Narxni kamaytirib berishni so‘rashi mumkinmi?

Bunday holatlarda iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilarga haqli:

- tovarni ayni shunday markali maqbul sifatli tovarga almashtirib olish;

- tovarni boshqa markali tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;

- nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplashni talab qilish;

- narxni kamaytirishni talab qilish;

- shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish.

Esda saqlash lozim!

Yuqoridagi huquqlarni amalga oshirish uchun tovarning nuqsoni quyidagi muddatlarda aniqlangan bo‘lishi lozim:

- tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;

- kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida;

- ko‘chmas mulk iste’molchiga o‘tkazilgan kundan boshlab 2 yil ichida;

- mavsumiy tovarlar uchun Hukumat tomonidan belgilangan muddat mobaynida.

Toshkent tumani YUXKM

Bosh yuriskonsulti                                                                       M.Kurbanov