Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Kimlar merosxo‘r bo‘lishi mumkin?


Kimlar merosxo‘r bo‘lishi mumkin?

Meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan kishilar, shuningdek, meros qoldiruvchi hayotligida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.

Meros qoldiruvchining o‘lgan kuni (zarurat bo‘lsa, payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, sud qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.

Meros ochilganda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqatgina vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.

Toshkent tumani YUXKM

Bosh yuriskonsulti                                                                       M.Kurbanov