Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Talabalar asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.


Talabalar asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.

Bugungi kunda ko‘plab tashkilotlarda talabalar o‘rindosh sifatida ishga qabul qilinib, ularga soatbay asosda haq to‘lanmoqda.

Ish beruvchilar bunga sabab qilib, xodimning talaba ekanligini ko‘rsatmoqdalar.

Aslida bu xato. Talabaning asosiy shtatda ishlashiga hech qanday ta’qiq yo‘q. Chunki talabaning o‘qish joyi uning ish joyiga kirmaydi.

Huquqiy asos:

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2 bandiga ko‘ra:

asosiy ish joyi — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot;

o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.

Shunday ekan, hurmatli talabalar, o‘z huquqingizni talab qiling.

Toshkent tumani YUXKM

Bosh yuriskonsulti                                                                       M.Kurbanov