Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Yangi qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan :


Yangi qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan :

O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinadi. Pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar beriladi.

Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu Qonunning 5-moddasiga binoan

O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga asosan ish beruvchi pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

1️⃣ pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish;

2️⃣   pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

3️⃣ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan aholining soliqlar, kommunal to‘lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

4️⃣ pedagogni ishga joylashtirilmagan, ta’lim bilan qamrab olinmagan va profilaktika hisobida turgan voyaga yetmaganlar hisobini yuritish hamda ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish ishlariga jalb etish;

5️⃣ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

6️⃣   Davlat umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar davlat tomonidan o‘quv qo‘llanmalar bilan bepul ta’minlanadi.

7️⃣ Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ta’lim jarayonida foydalanadigan birlamchi o‘quv-uslubiy materiallar va o‘quv qurollari bilan davlat tomonidan bepul ta’minlanadi.

Toshkent tumani YUXKM

Bosh yuriskonsulti                                                                       M.Kurbanov