Янгиликлар
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik deganda nima tushuniladi ?
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik deganda nima tushuniladi ?
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik Mehnat kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qoidalari mehnatga oid yakka tartibdagi munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi.
Toshkent tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonslti K.A.Shadiyev