Янгиликлар
Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli qanaqa ?
Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli qanaqa ?
Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.
Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida bo‘linmalarida tuzilishi mumkin.
Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralar o‘tkazish, ish beruvchi nomidan jamoa shartnomasini imzolash uchun ish beruvchi ushbu alohida bo‘linma rahbariga yoki boshqa shaxsga Mehnat kodeksning 46-moddasiga muvofiq Ish beruvchining vakilligini hamda ularning huquq va manfaatlarini boshlang‘ich darajada ifoda etish va himoya qilishni tashkilot rahbari, jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar Mehnat kodeksga, qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, ish beruvchining ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hududiy, tarmoq va respublika darajasida ish beruvchilarning vakilligini hamda ularning huquq va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishni tegishincha ish beruvchilarning hududiy, tarmoq va respublika birlashmalari amalga oshiradi.
Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralarni o‘tkazish, jamoa shartnomasini imzolash chog‘ida xodimlar manfaatlarini ifoda etish huquqi ushbu bo‘linma xodimlarining vakillariga beriladi.
Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Toshkent tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonslti K.A.Shadiyev