Янгиликлар
MAKTABGA RO‘MOL O‘RAB BORISH MUMKINMI⁉️
MAKTABGA RO‘MOL O‘RAB BORISH MUMKINMI⁉️
Respublikamizning amaldagi qonun hujjatlarida ta’lim muassasalarida ro‘mol o‘rab yurishni taqiqlovchi normalar mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasiga ko‘ra, shaxslarning vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ya’ni, hech qaysi davlat muassasasi yoki uning xodimi dinga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashini boshqalarga majburan singdirishga, jumladan, ro‘molda yurishga qarshi chiqishga haqi yo‘q.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shunday ekan, o‘z huquqlaringizni o‘zingiz himoya qiling!
Toshkent tumani YUXKM bosh
yuriskonsulti M.Kurbanov