Янгиликлар
Yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarga 1.5 stavkadan dars berilishi natijasida qaysidir o‘qituvchiga 1 soat dars qolsa yoki umuman qolmasa bu ham qonun buzilishi emasmi?
Yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarga 1.5 stavkadan dars berilishi natijasida qaysidir o‘qituvchiga 1 soat dars qolsa yoki umuman qolmasa bu ham qonun buzilishi emasmi?
"Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda ko‘rsatkichi yuqori o‘qituvchi maksimal dars soati olishi mumkin deyilgan. Ya’ni 30 soatgacha. Lekin olishi shart deyilmagan.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Demak, o‘qituvchining ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa olishi mumkin. Biroq shart emas. Ya’ni bu yerda boshqa o‘qituvchining kasbiy ko‘rsatkichlari ham yaxshi bo‘lsa, darsingizni olib qo‘ymasligi kerak.
Toshkent tumani YUXKM bosh
yuriskonsulti M.Kurbanov