Янгиликлар
SAVOL:
SAVOL:
Assalomu aleykum. Savolim bor edi. Mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun ishdan tashkari ishlagan soati uchun xisoblangan (sverxurochno) daromadi xam xisobga olinadimi?
JAVOB: Ish beruvchi tomonidan to‘lagan, soliq solinishi mumkin bo‘lgan barcha to‘lovlar ta’til nafaqasini to‘lashda hisobga olinadi. Ya’ni, qo‘shimcha ishlaganingiz ham.
Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi. Ya’ni quyidagicha:
Mazkur Kodeksning 257-moddasiga asosan, o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish uchun xodimga hisoblangan ish haqining tarkibiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, soliq solinishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlarning barcha turlari kiritiladi.
Toshkent tumani YUXKM bosh
yuriskonsulti M.Kurbanov