Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

SUBSIDIYA AJRATISH QACHON RAD QILINADI?


SUBSIDIYA AJRATISH QACHON RAD QILINADI?

 

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:

taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;

ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lsa.

Toshkent tumani YUXKM bosh                                                                            

yuriskonsulti                                                              M.Kurbanov