Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

O‘qituvchilardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish taqiqlangan


O‘qituvchilardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish taqiqlangan

Xabar berishlaricha, ayrim maktablarda fan o‘qituvchilaridan dars tahlili daftari, tezis va yana shunga o‘xshagan bir qancha hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilayotgan ekan. Lekin ularning bu xati-harakati mutlaqo noto‘g‘ri.

Chunki umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga muvofiq (Adliya vazirligidan 2020 yil 29 iyunda 3058-I raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha (faqat sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda kundalik.com tizimi orqali) qisqartirilgan.

Shu bois o‘qituvchilardan faqat sinf jurnali (elektron kundalik joriy etilgan maktablarda elektron shaklda)dan boshqa hujjatlarni talab etish mutlaqo noto‘g‘ri.

O‘tgan yili Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilardan dars sifatidan boshqa hujjatlarni talab etish ta’qiqlanganligi haqida mutasaddilarni so‘ngi bor qat’iy ogohlantirgan. Undan tashqari Respublikadagi barcha viloyat boshqarma boshliqlari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida yig‘ilish ham o‘tkazgan.

Shu o‘rinda ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 197-5-moddasi, shuningdek mansab vakolatini suiiste’mol qilish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 205-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

Toshkent tumani YUXKM bosh                                                                            

yuriskonsulti                                                              M.Kurbanov