Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Oyliklar oshdi. BHM, pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga yetdi?


Oyliklar oshdi. BHM, pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga yetdi?

1 oktyabrdan boshlab o‘qituvchilar va shifokorlarning maoshi 15 foizga, budjet tashkilotlarida ishlovchi boshqa xodimlarning maoshi 10 foizga ko‘tarildi. Boshqa to‘lovlar miqdori endilikda quyidagicha:

➖ bazaviy hisoblash miqdori – 375 ming so‘m

➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori –1 mln 155 ming so‘m

➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 ming so‘m

➖ yoshga doir eng kam pensiya – 834 ming so‘m

➖ nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 ming so‘m

➖ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 ming so‘m

➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 ming so‘m

➖ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 ming so‘m

Toshkent tumani YUXKM bosh                                                                            

yuriskonsulti                                                              M.Kurbanov