Янгиликлар
Maktabdan dars olishga haqqim bormi? Direktor dars soati yetishmaydi deb rad javobi bermoqda.
Maktabdan dars olishga haqqim bormi? Direktor dars soati yetishmaydi deb rad javobi bermoqda.
Assalomu alaykum men maktabda ishchi xizmatchi lavozimida 10yildan buyon ishlab kelmoqdaman .Men hozirda M.Avuezov nomidagi Janubiy Qozogiston universetitini 2019 yilda uqishga kirib jimoniy tarbiya vA sport fakultetini 2023 yilda tamomladim. Men uzim ishlab turgan maktabdan dars olishga haqqim bormi .Bizda uqtuvchi yetarli senga dars soat yetishmaydi deb rad Javob berishayapti menga qonuniy va huquqiy tomondan yordam berishingisni surayman
Direktordan yozma rad javobini so‘rang!
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 24-moddasida qayd etilgan bo‘lib, uning asosiy huquqlaridan biri bu MKda, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish sanaladi.
Yangi MK 119-moddasiga asosan ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda sizdagi holat aynan mana shu qoidaga mos keladi. Direktor maktabda bo‘sh ish o‘rni bo‘lmagan taqdirdagina sizni ishga qabul qilmaslikka haqli. Ya’ni bunda u maktabdagi mavjud o‘qituvchilarni to‘liq dars soatlari bilan ta’minlagandan so‘ng bo‘sh dars soatlari qolgan taqdirdagina sizga ishga qabul qilishi mumkin.
Bu vaziyatda siz direktordan ishga qabul qilmaslik asosini yozma shaklda berishini so‘rang.
Chunki yuqoridagi moddada ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shartligi qayd etilgan.
Shundan so‘ng tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Toshkent tumani YUXKM bosh
yuriskonsulti M.Kurbanov