Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

TIBBIYOT XODIMLARI QANCHA MALAKA OSHIRADI⁉️


TIBBIYOT XODIMLARI QANCHA MALAKA OSHIRADI⁉️

Mening tibbiyot bo‘yicha malaka toifam dekabrda tugaydi. Men sentyabrdan o‘qishga ketishim kerak shunda men 288 soatni hammasini o‘z ixtsosligim bo‘yicha o‘qiymanmi yoki 144 soat asosiy ixtsosligim bo‘yicha o‘qib qolgan 144 soatni qo‘shimcha o‘qishalar soati o‘tadimi

Qonuniy asos:

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga asosan asosiy ishdan ajralgan va asosiy ishdan ajralmagan holda o‘qishda malaka toifasini olish uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish barcha shakllarining jami majburiy davomiyligi:

➖vrach kadrlar uchun — kamida 8 hafta (288 soat);

➖farmatsevtika, o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar uchun — kamida 4 hafta (144 soat) hajmida belgilanadi.

Yuqoridagi tartibga asosan, siz kamida 288 soat o‘z ixtisosligingiz bo‘yicha malaka oshirasiz.

Toshkent tumani YUXKM bosh                                                                            

yuriskonsulti                                                              M.Kurbanov