Янгиликлар
Davlat bayrog‘i tasvirini kiyimga tushirsa bo‘ladimi?
Davlat bayrog‘i tasvirini kiyimga tushirsa bo‘ladimi?
"Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonunning 5 prim 2-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.
Demak, Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mumkin.
Toshkent tumani YUXKM bosh
yuriskonsulti M.Kurbanov