Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?


O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?

Ushbu savol aks etgan murojaatlar ko‘p kelyapti. Ustozlarimiz maoshi qachon tushishini bilmoqchi.

Ushbu masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Aytishlaricha, barcha texnik nosozliklar o‘z yechimini topgan va o‘qituvchilarga oylik ish haqini tushirish (nachisleniye) jarayoni boshlangan.

Ayni daqiqalarda moliya masalalariga mas’ul barcha xodimlar ishda va maksimal darajada barcha hududlardagi xodimlarga oylik ish haqini ulgurishsa ertalab tonggacha, yoki uzog‘i ertaga tushirishga harakat qilishmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 50% ga yaqin xodimlarga oylik ish haqi hisoblab, o‘tkazib bo‘lingan (banklarda ish kuni yopilgani uchun, plastik kartada ertalab ko‘rinishi mumkin).

Xulosa qilib aytganda, bugun barcha o‘qituvchilarning ish haqlari egalariga yetib boradi, Xudo xohlasa.

Toshkent tumani YUXKM bosh                                                                            

yuriskonsulti                                                              M.Kurbanov