Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

HAM DЕKRЕT PULI HAM TA’TIL PULINI OLISHIM MUMKINMI?


 

HAM DЕKRЕT PULI HAM TA’TIL PULINI OLISHIM MUMKINMI?

Assalomalekum! Men 2020- yil sentyabr oyidan boshlab institutda ukituvchi lavozimida ishlayman. Xozirda 30 xaftalik xomiladorman. Dekret ta’tiliga chikish tartibi kanday buladi? Xar yili iyul oyida mexnat ta’tiliga chikamiz va otpusknoy puli olamiz. Dekret ta’tili pulidan tashkari mexnat ta’tili pulini ololamanmi? Kadrlar bulimidan surasam, siz tanlovdan utmagansiz shunga mexnat ta’tili puli olmaysiz dedi. Lekin menga tanlov e’lon kilinmagan xam edi.

JAVOB:

▪️Mehnat Kodeksining 143-moddasiga muvofiq mehnat ta’tili beriladigan ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi

Bu vaziyatda bugalteringizni fikirlari asossiz. Ya’ni siz bu vaziyatda mehnat ta’tili olishga haqlisiz. Va mehnat ta’tilingiz davrida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Mazkur holatda sizni mehnat ta’tilini qachon olishga huquqingiz bor degan savol tug‘iladi?

▪️Mehnat kodeksining 231-moddasiga asosan:

“homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko‘ra, tegishlicha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta’tilidan keyin beriladi” deyilgan.

Demak mana shu qoidadan kelib chiqsak, hozir boshlangan navbatdagi ish yilingiz uchun mehnat ta’tilini istasangiz, homiladorlik va tug‘ish ta’tili (dekret)dan oldin, istasangiz undan keyin olishga haqlisiz.

Toshkent tumani YUXKM bosh                                                                           

yuriskonsulti                                                              K.Shadiyev