Янгиликлар
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish hamda oʻzgartirish
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish hamda oʻzgartirish
Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yaʼni mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdugʻaffarov