Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat tili – oʻzbek tili.


Davlat tili – oʻzbek tili.

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va ularga yuklatilgan majburiyatlar, undiriladigan yigʻimlar, toʻlovlar, soliqlar – bularning barchasi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

Shu sababli har bir normativ-huquqiy hujjatning oʻzbek tilida boʻlishi bu eng muhim talablardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, hokimliklarning boshqa hujjatlari (buyruq, qaror, nizom va boshqalar) oʻzbek tilida qabul qilinishi va eʼlon qilinishi lozim.

Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi mumkin.

Qonunchilikda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari oʻzbek tilida yuritilishi mustahkamlangan.

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsurti                                               A.A.Abdugʻaffarov