Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Haqorat qilish


Haqorat qilish

 

Haqorat qilish bu, mazmunan jabrlanuvchining shaxsini, uning shaʼni va, yoki qadr-qimmatini kamsish.

Qilmishni haqorat qilish, deb baholashning shartlari:

Birinchidan, haqorat qiluvchining harakatlari muayyan, aniq shaxsga yoki shaxslarga qaratilgan boʻlishi shart.

Yaʼni, u aynan kimni yoki kimlarni haqorat qilayotganini bilishi kerak boʻladi. Umumiy gaplar bilan, yoki oʻzi ham tanimaydigan bir guruh mavhum shaxslar doirasini kamsitishga qaratilgan harakati yoki soʻzlarni ifodalashi aynan haqorat qilish deb baholanmasligi kerak.

Ikkinchidan, haqorat qiluvchining harakatlari yoki u ishlatgan soʻz(lar) jabrlanuvchining salbiy sifatlarini ifodalashga qaratilgan boʻlishi kerak. Lekin xodimning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy baho berish, agar bu odobsiz shaklda ifodalangan boʻlmasa, haqorat qilish, deb baholanmasligi lozim.

Haqorat qilishning tuxmat qilishdan farqi shunda-ki, kamsituvchi sifat haqorat qilinuvchida haqiqatdan ham bor yoki yoʻqligining ahamiyati yoʻq.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                                 U.Tulaganov