Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari asosida oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga egaligi belgilandi


Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari asosida oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga egaligi belgilandi

 

Qonunga koʻra, (https://t.me/huquqiyaxborot/16858) Ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi hamda oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.

Ombudsman murojaat etuvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran yoki boshqa vositalardan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan boʻlsa, uning shikoyati boʻyicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.

Quyidagilar Ombudsmanning taʼsir choralari hisoblanadi:

➖ogohlantirish;

➖taqdimnoma;

➖iltimosnoma;

➖talabnoma.

Ombudsman qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Ombudsman va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (bundan taksi va shahar yoʻlovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                                 U.Tulaganov