Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda


Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–996-son, 14.11.2024-y.) qabul qilindi

Qonunga koʻra, quyidagilar bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllaridir:

· jismoniy zoʻravonlik;

· jinsiy zoʻravonlik;

· ruhiy zoʻravonlik;

· gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik;

· ekspluatatsiya qilish;

· taʼqib etish (bulling).

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan taʼqib qilinadi.

Davlat bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, maʼmuriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni koʻradi.

Qonunga muvofiq:

➖zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanmoqda;

➖bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zoʻravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shunga koʻra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari toʻgʻrisida axborot olinishini, bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarining oldi olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonning butun hududida tunu kun ishlaydigan ishonch telefoni ishlashini taʼminlaydi.

Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Qonun loyihasi Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                                 U.Tulaganov