Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi


Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi

 

Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024-y.) bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi

Vaqtinchalik Nizomga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

➖60 foiz va undan yuqori boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning
40 foizi;

➖60 foizdan kam boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.

Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin
3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

hisobot davrida soliq boʻyicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga toʻliq toʻlanganda;

hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam boʻlmaganda;

hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                                 U.Tulaganov