Янгиликлар
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi
Qonunga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:
????jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
????uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
????tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov