Янгиликлар
Yangi tug’ilgan bolani farzandikka olganlarga beriladigan ta’ti
Yangi tug’ilgan bolani farzandikka olganlarga beriladigan ta’ti
Mehnat Kodeksi 406-moddasiga ko’ra, yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.
Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.
E’tibor bering! Bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran 56 kalendar kun. Ya’ni muddatni hisoblashda faqatgina bola farzandlikka olingan kun emas balki u tug‘ilgan kun ham e’tiborga olinadi.
Masalan, agar bola 1-oktabrda tugʼilgan, 1-noyabrda esa farzandlikka qabul qilingan boʼlsa, taʼtil 1-noyabrdan ya'ni bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan 25-noyabrgacha (bola tugʼilgan kundan eʼtiboran ya'ni 1-oktabrdan 56 kalendar kun oʼtgunga qadar) beriladi.
Taʼtil olish huquqini tasdiqlash uchun xodim oʼzi onasi sifatida qayd qilingan bolaning tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnomani hamda farzand asrab olish toʼgʼrisidagi hujjatni taqdim etishi kerak.
Agar bola tug’ilgan kundan boshlab 56 kun o’tib ketgan bo’lsa, masalan, 2 oylik bitta farzand asrab olingan bo’lsa, ushbu ta’tilni taqdim qilib bo’lmaydi. Agar bir oylik chaqaloq asrab olinsa, u holda 25-26 kun ta'til beriladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: Raxmonov O.