Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Elektron advokatlik orderi


Elektron advokatlik orderi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ–263-son qaroriga asosan 2023-yil 1-fevraldan boshlab advokatlar tomonidan ishni olib borishda qog‘oz shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali (e-advokat.uz) o‘zining shaxsiy kabinetiga kirib, elektron shakldagi orderni rasmiylashtirishi mumkin. Bunda, orderni rasmiylashtirish advokatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Endilikda elektron orderni olish uchun advokatlik tuzilmasi rahbariga alohida murojaat qilish talab etilmaydi.

Advokatlar tomonidan “Elektron advokatlik orderi”ni rasmiylashtirishda advokatlarga quyidagi qulayliklar yaratildi:

orderni istalgan joyda va istalgan vaqtda elektron shaklda rasmiylashtirish;

✔️ advokatlar tomonidan muayyan ishga qatnashish uchun elektron orderlarni masofadan turib rasmiylashtirish hamda davlat organlari, tashkilotlariga va sudlarga taqdim etish;

✔️ advokat so‘rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini elektron orderdagi QR-kodni skanerlash orqali aniqlash.

 

          Ohangaron shahar YXKM rahbari:                                   B.O’smonov