Янгиликлар
Ichki mehnat tartibi qoidalari kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilmagan bo‘lsa
Ichki mehnat tartibi qoidalari kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilmagan bo‘lsa
MK 296-moddasida “ichki mehnat tartibi qoidalari ushbu Kodeksning 15-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi” deyilgan.
Bunga ko‘ra, ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlashdan avval u tashkilotdagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Oliy sud Plenumining 2023 yil 20 noyabrdagi 26-sonli qarori 36-bandida "agar tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari bo‘lmasa yoki bu qoidalarni qonunda belgilangan tasdiqlash tartibi (MKning 296-moddasi) buzilgan bo‘lsa..., MK 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga ko‘ra xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi" degan qoida bor.
Aniqroq aytganda, “bu qoidalarni qonunda belgilangan tasdiqlash tartibi (MKning 296-moddasi) buzilgan bo‘lsa...,” degan joyidir.
Ya’ni, Plenum qarorida ko‘rib turganingizdek, ichki mehnat tartibi qoidalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilmagan bo‘lsa, undagi qo‘pol ravishda buzilishlarga asoslanib xodimni ishdan bo‘shatish qonunchilikka xilof bo’ladi.
Ohangaron shahar YXKM rahbari: B.O’smonov