Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Kredit olgan shaxsga berilgan kafillik bekor qilinishi mumkinmi


Kredit olgan shaxsga berilgan kafillik bekor qilinishi mumkinmi

Kredit oluvchi shaxsning bank oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun tuzilgan kafillikni bekor qilsa bo’ladi, faqat bank va qarz oluvchining roziligi bilan buni amalga oshirsa bo‘ladi.

Kafillikni bekor qilish uchun, bank va qarzdor (kredit olgan tanishingiz) bilan kelishib olinishi kerak.

Biroq, ko‘pincha bank yoki qarzdor bunga rozi bo‘lmaydi, chunki kafillik xavfsizlik chorasi deb hisoblanadida.

Tushunganingizdek, kafillikdan bir tomonlama faqat o‘z xoxishingizga ko‘ragina voz kechishingizga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masalan, shartnoma tuzilganidan keyin ishingizdan ayrilsangiz, kasal bo‘lib qolsangiz, qarzdor bilan janjallashib qolsangiz ham kafillik o‘z kuchida qolaveradi.

Kafillik qachon bekor qilinishi mumkin:

·        qarzdor oldidagi majburiyat to‘liq bajarilganligida;

·        majburiyat kafilning roziligisiz o‘zgartirilganda (foiz stavkasi yoki kredit miqdori oshirilsa);

·        kafillik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;

·        bank kafilning roziligisiz qarzni boshqa shaxsga o‘tkazganda.

Yana bir yo‘li kafilni almashtirishni so‘rab bankka murojaat qilish, agar tomonlar kelishsa kafilni boshqa shunday shaxsga almashtirish mumkin.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti:                Raxmonov O.