Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Kichik qiymatli davlat xaridi


Kichik qiymatli davlat xaridi

2024-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-1005-sonli qonun bilan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga “kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi” degan amaliyot kiritilmoqda. Ushbu qonunning 4-moddasiga “kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili” degan tushuncha kiritilyaptida, unga mana bunday izoh berilyapti: “davlat xaridlarini xarid qilish tartib-taomillarining ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarini solishtirish yo‘li bilan yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida 3 ta potensial yetkazib beruvchisidan narxlarni so‘rash orqali amalga oshirishning raqobatli usuli”.

Xo‘sh, kichik qiymatli xarid deganda qanday summadagi xaridlar tushuniladi?

Qonunga yangi 51-prim-1 modda kiritilmoqda va unga ko‘ra summasi bir shartnoma bo‘yicha BHMning 50 baravari (18.750.000 so‘m)dan, budjet tashkilotlari uchun 25 baravari (9.375.000 so‘m)dan oshmaydigan xaridlar kichik qiymatli xaridlar hisoblanadi.

Bu xaridlar davlat xarid komissiyasining ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Biroq, kichik qiymatli xaridlarning umumiy qiymati bir moliya yilida bir buyurtmachi uchun BHMning 1000 barvaridan, budjet tashkiloti uchun 500 barvaridan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda.

Bunda g‘olib davlat xaridlari o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon joylashtirilmagan holda, ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni solishtirish yo‘li bilan yoki kamida 3 ta potensial yetkazib beruvchilardan narxlarni so‘rash yo‘li bilan aniqlanadi.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti:                  Raxmonov O.