Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Masofaviy ta’limdagilar uchun imtiyozlar


Masofaviy ta’limdagilar uchun imtiyozlar

Mehnat Kodeksi 385-moddasi kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni berishni tartibga soladi. Ushbu moddada masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilmagan. Lekin garchi Mehnat kodeksida bu toifa xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo'lsada, qonunchilik hujjatlarida kafolatlar nazarda tutilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15️ kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti:                                  Raxmonov O.