Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Mavsumiy ishlarning muddati


Mavsumiy ishlarning muddati

Mavsumiy ishlar – muddatli ishlar deganidir. Ya’ni, mavsumiy ishlarga ishga qabul qilar ekansiz, xodimlar bilan o‘sha mavsum muddatiga muddatli mehnat shartnomasi tuzasiz.

Mehnat kodeksining 491-moddasiga asosan mavsumiy ishlarning muddati 6 oydan oshmasligi belgilangan.

Biroq, bu moddada Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 6 oydan ortiq muddatga ishga olinishi mumkin bo‘lgan alohida ishlar ro‘yhati belgilanishi ko‘rsatilgan.

Kuni kecha chiqqan, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 noyabrdagi 758-sonli qarori 9-ilovasi bilan “Olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ayrim mavsumiy ishlarning ro‘yxati” tasdiqlandi.

Demak, o‘mavsumiy ishlarni muddat bo‘yicha ikkiga ajratamiz: - 6 oygacha bo‘lgan va 758-sonli ro‘yhatida ko‘rsatilgan 6 oydan ko‘p muddatga bo‘lgan mavsumiy ishlar.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti:                Raxmonov O.