Янгиликлар
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishda nimalar e’tiborga olinishi zarur.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishda nimalar e’tiborga olinishi zarur.
1. MK 96-moddasiga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga kiradi va davlat ularni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlari yo‘llanmasiga ko‘ra ishga joylashish kafolatlanadi. (MK 423-moddasi).
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xodimlarining soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlar umumiy sonining kamida 3 foizi miqdorida ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi. Masalan, 100 nafar xodim ishlaydigan tashkilotda (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) kamida 3 ta ish o‘rni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun band qilib qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qaroriga
1-ilova 6-7-bandlariga ko‘ra, xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:1 avgustdan kech bo‘lmagan muddatda lavozimlarni hisobga olgan holda kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy sonini belgilaydi;15 avgustdan kech bo‘lmagan
muddatda kelgusi yil uchun ish o‘rinlarining zaxiraga qo‘yiladigan umumiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli shakl bo‘yicha tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga taqdim etadi.
2. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak (MK 427-moddasi).
Demak, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 6 kunlik ish haftasida 6 soatdan va 5 kunlik ish haftasida 7,5 soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqti belgilanishi zarur.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi (MK 431-moddasi).
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: Raxmonov O.